Help with Search courses

Iqtisodiyot nazariyasi fanining fan dasturi iqtisodiy taraqqiyotning umumiy asoslari va bozor iqtisodiyoti nazariyasiga tegishli mavzularni qamrab oladi. Mazkur dastur bakalavriat yo‘nalishlariga mo‘ljallangan bo‘lib bo‘lg‘usi mutahasis kasb- korining qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, u o‘z faoliyatining iqtisodiy natijalarini bilishi, iqtisodiy hodisalar mohiyatini tushunib etishi, iqtisodiyotning sir asrorlarini idrok etishi talab qilinadi.

Dasturda talabalar mustaqil ishlab qo‘shimcha bilim olishlari, yozma ishlar tayyorlashlarini hisobga olib bir qator nazariy masalalar kengroq berildi.

Talabalarning iqtisodiy tafakkurini shakllantirishda iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy fanlarning karvonboshisi hisoblanadi. Iqtisodiyot nazariyasi - iqtisodiyot qonun-qoidalarini va rivojlanish prinsiplarini o`rganuvchi umum-iqtisodiy fanlar turkumiga kiruvchi nazariy fandir.

“Iqtisodiyot nazariyasi” fanining mazkur ishchi o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasining Ta’lim to‘g‘risidagi qonuni asosida va kadrlar tayyorlashning milliy dasturi talablaridan kelib chiqib, davlat standartlari bo‘yicha bakalavriat darajasidagi malakali iqtisodchi mutaxassislar tayyorlashni maqsad qilib qo‘ygan.

Shu maqsaddan kelib chiqib, fanni o‘qitishda quyidagi vazifalarni hal qilish ko‘zda tutiladi:

talabalarni iqtisodiy bilimlarining nazariy asoslari bilan qurollantirish;

ularning iqtisodiyot qonun-qoidalarini, iqtisodiy hodisa va jarayonlar mazmunini yanada teran va chuqur mantiqiy mushohada qilish uchun zarur bo‘lgan uslubiy yondashuvlarni egallashiga ko‘maklashish;

iqtisodiyot va iqtisodiy munosabatlar to‘g‘risidagi amaliy ko‘nikmalarni hosil qilish;

talabalar ongiga milliy mustaqillik va iqtisodiyotni erkinlashtirish, islohotlarni yanada chuqurlashtirish hamda milliy mafkura g‘oyalarini singdirish.